Respublikamiz hududiga yirik miqdordagi tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy ravishda olib kirilishining oldini olish borasida davlat bojxona xizmati organlari tomonidan tizimli kurash olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari tomonidan “Toshkent-tovar” va “Chuqursoy texnik-idora” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, tadbirkorlik subyektlaridan birining nomiga xorijdan keltirilgan 2 ta yuk konteyneri belgilangan tartibda koʻzdan kechirildi.
Natijada, mazkur konteynerlanda yoʻl-yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan, hasharotlarga qarshi qoʻllaniladigan 68 ming 500 dona fumigatorlar, 162 ming dona tortlar uchun moʻljallangan feyrveklar hamda 15 ming dona shishiriladigan bolalar koptoklari borligi aniqlandi.