Bugun Oʻzbekistondagi 16ta yangi ERASMUS+stipendiyasi egalari uchun Oʻzbekistondagi Milliy Erasmus Ofisi va Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Delegatsiyasi tomonidan tanishuv uchrashuvi tashkil etildi. Oʻzbekistondan 7 qiz va 9 oʻgʻil Erasmus Mundus stipendiyasini qoʻlga kiritib, Germaniya, Fransiya, Italiya, Estoniya, Vengriya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Ispaniya, Finlyandiya, Gollandiya, Avstriya va Rossiya Federatsiyasi singari Yevropa davlatlarida oʻqishga boradi. Taʼlimning asosiy yoʻnalishlari — tibbiyot, qishloq xoʻjaligi, muhandislik, siyosat va xalqaro huquqdan iboratdir.
Tadbir ochilishida “Umuman olganda, soʻnggi besh yil ichida 72 nafar Oʻzbekiston yoshlari Erasmus Mundus stipendiyalariga ega boʻldilar. Chet elda oʻqish global iqtisodiyotda muvaffaqiyat kaliti boʻlib qolyapti. Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi sizlardek sayohat qiladigan, dunyoni kashf etadigan va hamkorligimizni rivojlantiradigan yosh, yorqin, oʻqimishli va fidoyi odamlarga umid bogʻlaydi”, deb umid bildirdi Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi elchisi Sharlott Adrian xonim, deb xabar beradi Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi matbuot xizmati.