Haftalik tadbirlari 16—22-sentyabr kunlari poytaxtimizda bo'lib o'tadi. Yurtimizda uchinchi bor o'tkazilayotgan haftalik Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi Delegatsiyasi hamda O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Toshshahartransxizmat AJ, “Tashkent Runners” yugurish ishqivozlari klubi va O'zbekiston Velosipedchilar hamjamiyati bilan hamkorligida tashkil etilmoqda.

Tadbirning bu yilgi global mavzusi — “Barqaror harakatlanish ila xavfsizlik va salomatlik” bo'lib, u o'zida COVID-19 pandemiyasi davrida shaharlar aholisi qo'llab-quvvatlanayotganini aks ettiradi. O'zbekistonda haftalik “O'z shahringizni seving! Barqaror harakatlaning! Sog'lom bo'ling!” shiori ostida o'tkazilmoqda. Tadbirdan ko'zlangan maqsad shaharda barqaror harakatlanish va sog'lom turmush tarzining foydalari haqida aholi xabardorligini oshirishdan iborat.

Haftalik doirasida yurtimizda qator tadbirlar amalga oshirilishi kutilmoqda:

  1. 2021-yil 16-sentyabr. Toshkentda Mirzo Ulug'bek nomidagi Markaziy parkida “Men shahrimni sevaman: shaharda barqaror harakatlanish ijodkorlar nigohida” deb nomlangan va EHH-2021 boshlanishini nishonlaydigan ko'rgazmaning ochilishi bo'lib o'tadi. Shuningdek, G'uncha Art Space jamiyatining asoschilari tomonidan taqdim etilgan boshqa yosh rassomlarning tematik kartinalari ko'rgazmani yanada boyitadi. Poytaxtimiz yashovchilari va mehmonlari ko'rgazmani 22-sentyabrgacha tomosha qilib chiqishlari mumkin.
  2. 16-sentyabr. Feysbuk va Instagram da #Menshahrimnisevaman chellenji start oladi. Tashkilotchilar mamlakat aholisini salomatlik, harakatlanish va toza muhitni tanlashlari — piyoda yurish, yugurish, avtomashinadan voz kechib, velosiped yoki boshqa ekologik toza transportdan foydalanishga da'vat etmoqdalar. Tadbirda ishtirok etish uchun yurak shakli aks ettirilgan storiz va #Men(shaharning nomi)sevaman xeshtegi fotosuratini ijtimoiy tarmoqda chop etish hamda Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi Delegatsiyasining sahifasini belgilash lozim.
  3. “Tashkent Runners” yugurish ishqivozlari klubi Toshkentdagi kanallar yonida “Harakatchanlik aktsiyasi” — plogging (yugurish jarayonida chiqindi yig'ish) dan iborat ikkita aktsiyani o'tkazadi:

2021-yil 16-sentyabr — Anhor daryosi bo'ylab;

2021-yil 21-sentyabr — River-park bo'ylab.

  1. Yo'ldagi xavfsizlik ham haftalikning muhim mavzularidan sanaladi. Shu bois O'zbekistonda 13-sentyabrdan boshlab mamlakat ko'chalaridagi LED-ekranlarida avtomobillar haydovchilari uchun yo'l harakati xavfsizligi qoidalariga va tezlik rejimiga qat'iy rioya qilish naqadar muhim ekanligiga urg'u beriladigan maxsus informatsion kampaniya o'tkaziladi.

Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi O'zbekistonning barcha aholisini 16—22-sentyabr kunlari bo'ladigan kampaniyalarga qo'shilishga taklif qiladi. Qatnashish tafsilotlari eI Delegatsiyasining sahifalari — Feysbuk (@eudeluzb) va Instagram (@eudeluzb) ijtimoiy tarmoqlarida mavjud.

Ma'lumot uchun, Yevropa harakatlanish haftaligi — bu 16—22-sentyabr kunlari dunyo bo'ylab o'tkaziladigan bir haftalik ijtimoiy-informatsion kampaniyadir. U Shaharda barqaror harakatlanish bo'yicha Yevropa komissiyasining (EK) tashabbusi bilan 2002 yildan buyon o'tkazib kelinmoqda. EHH barcha shahar va qishloqlarni aksiyaga qo'shilib, bir haftani barqaror harakatlanishga bag'ishlashga da'vat etadi. Joriy yil haftalikda dunyo bo'ylab 2290 shaharlar (45 mamlakat) ishtirok etadi. Hozirgi vaqtga kelib Yevropa harakatlanish haftasini o'tkazish uchun jamoat guruhlari, maktab va universitetlar, nohukumat tashkilotlari va korxonalar dunyoning 49 mamlakatida 700 dan ortiq tadbirlarni ro'yxatga oldilar. 2021-yilda EHH global kampaniyasining 20 yillik yubileyi va tadbir O'zbekistonda uchinchi bor o'tkazilishini nishonlanmoqda.

Mutasaddilarning ta'kidlashicha, shahar hokimligidan tashqari, barcha xohlovchilar — NNT, ijtimoiy sheriklar, tadqiqot/ta'lim muassasalari, mahalliy/milliy hokimiyat organlari, davlat/xususiy kompaniya va muassasalar  mamlakatni global kampaniyada ifodalash uchun https://mobilityweek.eu saytida o'zlarining “Harakatlanish aktsiyasi”ni ro'yxatdan o'tkazib, EHH—2021ga qo'shilishlari mumkin.