1946 yil 17 noyabr kuni Praga shahrida butun dunyo talabalar kongressida tasdiqlangan. Аlbatta, bu bayramni yoshlik, xushchaqchaqlik va romantika deb esga olinadi. Lekin uning tarixi ikkinchi jahon urushi vaqtida Chexoslavakiyada boshlangan fojiali voqealarga bogʼliq. 1939 yil 28 oktabrda fashistlar tomonidan Chexoslovakiyaning Praga shahridagi talabalar va ularning oʼqituvchilari Chexoslavakiya davlatining taʼlim bayramini(1918 yil 28 oktabr) nishonlash uchun namoyishga chiqqanlar. Bosqinchilar namoyishchilarni tarqatib yubordilar. Lekin shu toʼpolonda tibbiyot fakulьtetining talabasi Yan Opletal otib oʼldirilgan.
1939 yil 15 noyabr Yan Opletalni dafn etish marosimi norozilik namoyishiga aylanib ketdi.
Bundan tashqari, urushning oxirigacha Chexiyadagi hamma oliy oʼquv yurtlari yopilgan. Bu voqealarga asoslanib, butun dunyo talabalar kongressida xalqaro talabalar kunini oʼtkazish belgilandi. Hozirgi kunga kelib, dunyoning koʼpgina davlatlari bu bayramni nishonlaydi.
Maʼlumot oʼrnida: Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2020/21-oʼquv yili boshiga respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan talabalar soni 571,5 mingtani tashkil etgan.
Shundan:
Talaba yigitlar – 311,5 ming nafar,
Talaba qizlar – 260 ming nafar.