Joriy yilning 23-may kuni Toshkent viloyati Chinoz tumani IIB boʻlimi tezkor xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ijtimoiy tarmoq orqali sodir etilishi mumkin boʻlgan yana bir tovlamachilik jinoyatining oldi olindi.
Aniqlanishicha, chinozlik 23 yoshli yigit tanishi 19 yoshli qizni shaxsiy fotosuratlarini tarqatish bilan qoʻrqitib, undan 1000 AQSH dollari talab qilib kelgan. Holat yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, yigit qizdan talab qilgan pulning 1 million soʻmini olayotgan vaqtda daliliy ashyo bilan ushlandi.
Ushlangan shaxsga nisbatan JKning 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.