Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida koʻp miqdordagi giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi.
Xususan, “oʻzbek-tojik” davlat chegarasining Urgut tumani hududidan oʻtuvchi qismida 1997-y.t. mahalliy fuqaro ushlanib, undan mamlakatimizga qoʻshni Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yoʻli bilan olib oʻtilgan 19 kg 799 gr. “opiy” moddasi protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Hozirda mazkur fuqaroga nisbatan DXX Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, uning jinoiy aloqalarining shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.