Loyihaning asosiy maqsadi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning kommunal to‘lovlardan yuzaga kelgan qarzdorliklarini to‘lab berish hamda aholi vakillariga ekologik toza energiya resurslaridan barqaror va samarali foydalanishni targ‘ib qilishdan iborat.
Aksiya doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman va shaharlarida istiqomat qilayotgan 198 ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaning kommunal to'lovlar bo'yicha 41 million so'mdan ortiq qarzdorligi federatsiya tomonidan to'lab berildi.