Qo'rg'ontepa tumani, "Jomiy" MFYda faoliyat yuritib kelayotgan "F. Z." MCHJ tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

Ushbu MCHJga qarashli "To'yxona"dagi non ishlab chiqarish korxonasining elektr qurilmalari elektr o'lchov priborlaridan tashqari elektr tarmog'iga ulanib, 387 ming kVt·soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi va bu bilan ta'minot korxonasiga 174,1 mln so'm miqdorda zarar keltirganligi ma'lum bo'ldi.

Ushbu hajmdagi elektr energiyasi hozirgi kunda 1 ming 900 ta xonadonning bir oylik iste'moliga tengdir.
Aniqlangan holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.