Profilaktika maqsadida namuna topshirgan fuqarolarda ham kasallik tasdiqlanayotgani esa koronavirusning odamlar orasida yuqish xavfini yana oshirmoqda.

Avval xabar qilganimizdek, 19 iyun` sanasida yurtimizda koronavirus infektsiyasi tasdiqlangan 179 nafar bemordan 29 nafari aholi orasida aniqlangan bo'lsa, 20 iyun` kuni esa 207 nafar bemordan 19 nafari aholi orasida tasdiqlandi. Ikki kunlik ma'lumotga ko'ra, umumiy kasallanish ko'rsatkichi yana oshganligini ko'rishimiz mumkin.

20 iyun` kuni aholi orasida koronavirus aniqlanish holatlarini hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak, Toshkent shahrida 13 nafar, Toshkent viloyatida 4 nafar, Surxondaryo va Xorazm viloyatida esa 1 nafardan  tashkil etmoqda.

Jumladan, Toshkent shahridagi sanoat korxonasining 4 nafar xodimi va ularning 5 nafar oila a'zolarida, Uchtepa tumani yashovchi M.M.da ( oromgohga ketish maqsadida namuna topshirgan), Mirobod tumanida yashovchi N.SH.da (profilaktika maqsadida namuna topshirgan), SHayxontohur tumanida yashovchi uy bekasi D.Z.da (tana harorati ko'tarilib, xususiy shifoxonaga murojaat qilgan), Olmazor tumani Mudofaa ishlari bo'limi xodimi e.SH.da (harbiy chaqiriqqa kelgan bolalar bilan muloqotda bo'lgan) kasallik qayd etilgan.

SHuningdek, Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi SH.e.da (ishga kirish maqsadida namuna topshirgan), Mudofaa ishlari boshqarmasi YUqorichirchiq tumani xodimi D.A.da (mehnat ta'tilidan ishga chiqqan va tana harorati ko'tarilishi sababli namuna topshirgan), YAngiyo'l tumanida yashovchi M.M.da  va CHirchiq shahrida yashovchi I.N.da (profilaktika maqsadida namuna topshirishgan), Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumani yashovchi SH.e.da (Toshkent shahrida yollanma ishchi bo'lgan, tana harorati ko'tarilib, o'zi namuna topshirgan) hamda Xorazm viloyatida Toshkent viloyatidagi MCHJga qarashli yuk avtomashinasi haydovchisi V.T.da (viloyatga kirish blok postida namuna olingan) ham koronavirus infektsiyasi tasdiqlangan.
Ayni paytda ushbu holatlar yuzasidan epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Ayni paytda mamlakatimizda  6216 holatda kasallik qayd etilgan. Hozirgacha ularning 69 foizi, ya'ni 4290 nafar bemor ushbu infektsiyadan forig' bo'lgan. SHu kunlarda shifokorlarimiz yurtimizning o'nta xududidagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarida  1907 nafar bemor hayoti uchun kurashmoqda. Ulardan 15 nafari og'ir, 1 nafari esa o'ta og'ir ahvolda.

YUqorida qayd etilgan holatlardan kelib chiqqan holda, Sog'liqni saqlash vazirligi aholidan imkon qadar faol muloqotdan, turli tadbirlar o'tkazishdan vaqtinchalik  tiyilishlarini, va albatta, qo'l berib salomlashish, quchoq ochib ko'rishishmaslik, ozodalikka rioya qilish, zarurat bo'lmaganda ko'chaga chiqmaslik, ijtimoiy masofani saqlash, niqobni to'g'ri taqib yurish kabi karantin qoidalariga qat'iy rioya etib, bizga, shifokorlarga yordam berishingizni so'rab qoladi.
O'zingiz va atrofdagilarning sog'ligiga beparvo bo'lmang!

Sog'liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi.