2020-yil 16-iyun kuni Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasiga 1987-yilda Samarqand tumanida tugʻilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti oʻqituvchisi 5000 AQSH dollari evaziga oliygohga oʻqishga kiritishni vaʼda qilayotgani, oldindan 2000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni berishini soʻrayotgani, qolganini oʻqishga kirgandan keyin olishini bildirayotganini maʼlum qilib, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.
Mazkur arizaga asosan, 2020-yil 16-iyun kuni Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ushbu fuqaro ariza muallifidan 2000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati