Xususan, “Oʻzbektelekom” AK “Mobil aloqa tarmogʻini modernizatsiya qilish va kengaytirish” loyihasi doirasida Respublika boʻylab 160 dan ziyod obyektlarda baza stansiyalarini ishga tushirdi. Yangi baza stansiyalarning aksariyat qismi qishloq va chekka hududlarda foydalanishga topshirildi.

Yangi antenna-machta inshootlari, baza stansiyalari va zamonaviy qurilmalarning oʻrnatilishi koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirishga va qamrov zonalarining kengayishiga hamda tezkor mobil Internet texnologiyalari joriy etilishga xizmat qiladi.

Hozirgi kunda modernizatsiya ishlari Toshkent shahri, Sirdaryo, Andijon, Toshkent, Namangan, Fargʻona viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida nihoyasiga yetgan. Shuningdek, ayni kunlarda Xorazm viloyatida modernizatsiya ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida, UZTELECOM mobil aloqa tarmogʻi tayanch stansiyalarining aksariyat qismi 4G LTE texnologiyasini qoʻllab-quvvatlamoqda.

Mamlakatning boshqa hududlarida ham modernizatsiya jarayonlari izchil davom etmoqda.