Davlat dasturi ijrosi boʻyicha hukumat hisobotida keltirilishicha:
▫️ijtimoiy obyektlar qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashga 3 trln. 423 mlrd. soʻm;
▫️korxonalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga 2 trln. 485 mlrd. soʻm;
▫️aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kengaytirishga 1 trln. 340 mlrd. soʻm;
▫️sogʻliqni saqlash obyektlarini qurish va zarur infratuzilmani yaratishga 1 trln. 22 mlrd. soʻm;
▫️mahalliy byudjetlar va pensiya jamgʻarmasi yoʻqotishlarini qoplashga 595 mlrd. soʻm miqdorida mablagʻlar sarflangan.
Shuningdek, koronavirusga qarshi kurashish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirishga 3 trln. 962 mlrd. soʻm sarflangani maʼlum qilingan.