«IIVga kelib tushgan barcha murojaatlar elektron tartibda roʻyxatga olinadi. Murojaatlarga koʻrib chiqishda qonunchilikka muvofiq 15 kun, tekshirish talab etilsa, bir oy, alohida materiallarni oʻrganish talab etilsa, 60 kun davomida oʻrganilib, javob xatlari taqdim etiladi.

Toʻliq javob berilmagan yoki oraliq javob berilgan murojaatlar koʻrib chiqilgan deb hisoblanmaydi va bunday murojaatlar IIVda nazoratdan olinmaydi. Yaʼni yakuniy toʻxtamga kelib, javob berilmagunga qadar nazoratda boʻladi.

Murojaatlar soni oʻtgan yilga nisbatan sezilarli kamaygan. 2020-yilda Prezident virtual qabulxonasi va xalq qabulxonalari orqali ichki ishlar organlariga 100 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan».