2020-yilda Oʻzbekistonda 791,9 mlrd soʻmlik koʻmir ishlab chiqarilgan

    Sanoat 21 Yanvar 2021 2109

    Bu haqda AOKAdagi matbuot anjumanida “Oʻzbekkoʻmir” AJ direktori oʻrinbosari Erkin Yoqubov maʼlum qildi:

    «Oʻtgan yili kon ustini ochish ishlari 23,1 mln kub metr, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 113 foizni tashkil qildi.

    Koʻmir qazib olish 3,9 mln tonnaga, koʻmir yetkazib berish 4,2 mln tonnaga yetdi, jumladan:

    ▪️issiqlik elektr stansiyalariga — 2,8 mln tonna;

    ▪️aholiga — 940 ming tonna;

    ▪️ijtimoiy soha tashkilotlariga — 412,8 ming tonna;

    ▪️iqtisodiyotning real sektoriga — 87,4 ming tonna.

    2020-yil davomida korxonada sanoat mahsulot ishlab chiqarish hajmi 791,9 mlrd soʻmni (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 119,3 foizni);

    Mahsulot sotish hajmi 811,6 mlrd soʻm (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 123,4 foizni);

    Mahsulot tannarxini pasaytirish 70,5 mlrd soʻm (yoki 10,0 foiz)ni tashkil etdi».