IIV huzuridagi Tergov departamentining xabar berishicha, 2020-yil davomida sodir etilgan jinoyatlar tahliliga nazar soladigan boʻlsak, oʻtgan yil davomida respublikamizda 10 mindan ortiq firibgarlik jinoyatlari qayd etilgan.
Firibgarliklar oqibatida 17 mingdan ortiq fuqarolar jinoyat jabrlanuvchisiga aylanishgan, ularning 10 mingdan ortigʻini erkaklar qolgan qismi esa ayollarni tashkil etadi. Fuqarolarimizning ishonuvchanligi va oson boyib ketishga boʻlgan ishtiyoqi firibgarlarning tuzogʻiga tushishlarining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.
Chet elga ishga joʻnatish (13,1%), yer, uy oldi-sotdisi (13.9%), oʻqishga yoki ishga kiritish (9%) kabi vaʼdalar bilan sodir etilayotgan firibgarliklar eng koʻp uchraydigan firibgarlik boʻlib qolmoqda.
Hurmatli fuqarolar yuqoridagi koʻrsatkichlarni oshib ketishiga sababchi boʻlib qolmang. Arzon avtomashina yoki uy olish niyatida yillab halol yigʻgan pullaringizni aldovlarga uchib oʻz qoʻlingiz bilan firibgarlar qoʻliga topshirib qoʻymang. Qonunga xilof ravishda qingʻir yoʻllar bilan nisbatan arzon mulkka egalik qilaman deb jabrlanuvchilar safidan joy olmang.
Sizga tegishli mulklarning oldi-sotdisi bilan bogʻliq harakatlarni davlat organlari orqali amalga oshirishingizni soʻraymiz.
Firibgarlarning tuzogʻiga tushib qolmaslik oʻzingizning qoʻlingizda!