Qarorga koʻra:

2021-2025-yillarda markazlashtirilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladigan sudlarning binolari va xonalarini qurish hamda rekonstruksiya qilish dasturi tasdiqlandi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari Dasturda nazarda tutilgan obyektlar boʻyicha buyurtmachi etib belgilangan.

Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududlarning bosh rejasi asosida Dasturda yangidan qurilishi belgilangan obyektlar uchun yer uchastkalari belgilangan tartibda ajratadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Oliy sud, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Dasturda nazarda tutilgan markazlashtirilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari koʻrsatkichlarini har yili aniqlashtirib va yangilab borgan holda, 2021-2025-yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirishda inobatga olishi belgilangan.