«Hozirgi kunda Oʻzbekistonning ochiq maʼlumotlar portali — data.gov.uz da jami 11 mingga yaqin maʼlumotlar toʻplami 3 tilda (oʻzbek, rus va ingliz tillarida) joylashtirilgan.

2021-yil 1-avgustga qadar ochiq maʼlumotlar portalining yangi versiyasini ishlab chiqish va foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Oʻtgan davr mobaynida ochiq maʼlumotlar sohasida yetakchi xalqaro ekspertlar ishtirokida “Open Data Tashkent 2019” ochiq maʼlumotlar boʻyicha xalqaro konferensiya, “Open Data Week Uzbekistan 2019” ochiq maʼlumotlar haftaligi, “Open Data Day Tashkent 2020” seminari, “Open Data Uzbekistan Workshop Agenda” onlayn-tadbiri, “Dunyo va Oʻzbekistonda COVID-19 pandemiyasining tarqalishi davrida ochiq maʼlumotlar asosida yechimlar” mavzularida konferensiya va boshqa tadbirlar oʻtkazildi».