Jumladan, banklar kassalariga naqd pul tushumlari 17,0 trln. so'mni, chiqim qilingan naqd pullar 15,1 trln. so'mni tashkil etdi.

1-rasm. Naqd pul tushumlari hajmi va tarkibi dinamikasi

1

Joriy yilning yanvar` oyida banklar kassalaridan (shu jumladan, bankomatlardan) berilgan naqd pullar 2020 yil yanvar` oyiga nisbatan 6,7 foizga oshishi kuzatilgan bo'lsa, mazkur holat asosan bank kartalaridan naqd pul echish hajmining 1,7 trln. so'mga (1,5 barobar) o'sishi hisobiga yuzaga keldi.

Natijada banklardan berilgan naqd pullar tarkibida bank kartalaridan echib olingan naqd mablag'lar ulushi 25 foizdan 35 foizga etdi.

2-rasm. Banklardan naqd puldagi chiqimlar hajmi va ularning maqsadlari bo'yicha tarkibiy dinamikasi

 

2

 

2021 yil yanvar` oyida bank kartalariga jami 15,9 trln. so'mlik mablag'lar kelib tushib, ushbu davrda bank kartalaridagi 5,2 trln. so'mlik (32,8 foiz) mablag'lar aholi tomonidan naqdlashtirib olingan.

3-rasm. Bank kartalariga kelib tushgan mablag'lar va ularni naqdlashtirish hajmlari dinamikasi

4