2021-yilda mamlakatimizda 9 ta yangi elektr stansiyasi ishga tushiriladi

    Energetika 16 Yanvar 2021 1492

    Bu haqda Energetika vazirligi Axborot xizmati rahbari E.Bekmurodova xabar berdi.

    «2020-yilning oʻzida xorijiy investorlar bilan davlat-xususiy sherikligi asosida oltita yangi elektr stansiyalari qurilishi boshlab yuborildi. Ularning umumiy qiymati 2 milrd. dollar, umumiy quvvati esa 2700 megavattni tashkil etadi.

    2020-yilda investitsiya loyihalari bosqichlari amalga oshirilishi natijasida 2021-yilda mamlakatimizda umumiy quvvati 1387 megavatt boʻlgan 9 ta yangi elektr stansiyasi ishga tushiriladi.

    Ulardan shu yilning oktyabr va noyabr oylarining oʻzida turk kompaniyalari bilan hamkorlikda quvvati 940 MVt boʻlgan 4 ta yangi IES quriladi.

    Shuningdek, joriy yilning oktyabr oyida har birining quvvati 100 MVt boʻlgan ikkita quyosh elektr stansiyalarini ishga tushirish rejalashtirilmoqda (Samarqand viloyatida Total Eren (Fransiya), Navoiy viloyatida Masdar (BAA) oʻz loyihalarini amalga oshirmoqda).

    Gidroenergetika sohasida 2021-yil iyun oyida GESning Chirchiq-Boʻzsuv kaskadiga kiruvchi “Kamolot” gidroelektr stansiyasi qurilishi yakunlanadi. Shuningdek iyun oyida Surxondaryo viloyatidagi Toʻpolang daryosida Zarchob kichik GESlari kaskadini ishga tushirish ham rejalashtirilgan», deyiladi xabarda.