Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul oʻtkazmalari hajmi deyarli 1,99 mlrd dollarni tashkil etib, 2020-yilning mos davriga nisbatan 663 mln dollarga (50% foizga) oshdi.
Shu bilan bir qatorda, chet elga yuborilgan xalqaro pul oʻtkazmalari miqdori 478 mln dollarga yetdi.
Natijada transchegaraviy pul oʻtkazmalari boʻyicha ijobiy saldo deyarli 1,52 mlrd dollarga yetdi.
Eslatib oʻtamiz, yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul oʻtkazmalari hajmi deyarli 1,42 mlrd dollarni tashkil etgan edi.