SHunga muvofiq, inspektsiya davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari hamda temir yo'l transporti sohasida faoliyat yurituvchi yuridik shaxslar tomonidan temir yo'l transporti sohasidagi harakat xavfsizligini ta'minlashga oid belgilangan qoida va normalarga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi. Inspektsiya xodimlari temir yo'llarda harakat xavfsizligini ta'minlash, insonlar va yuklarning xavfsiz tashilishiga erishish maqsadida, o'tkazilgan nazorat tadbirlari davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun tashkilotlarga bajarilishi majburiy bo'lgan Ko'rsatmalar kiritadi. Temir yo'l transportidan foydalanuvchi yo'lovchilar, fuqarorlarga nisbatan taqiq, cheklov yoki jarimalar qo'llash inspektsiya vakolatiga kirmaydi.
Faoliyati temir yo'l transporti bilan bog'liq bo'lgan yuridik shaxslar tomonidan temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini ta'minlash bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish (PF-5490 bo'yicha tekshiruvlar) bo'yicha “O'ztemiryo'lnazorat” inspektsiyasi tomonidan 2021 yilning 12 oyida 235 ta (2020 yilning shu davrida 89 ta (+146)) tekshiruvlar amalga oshirilgan.
Tekshiruvlar jarayonida temir yo'l sohasida yuk va yo'lovchi tashish xavfsizligini ta'minlash bo'yicha temir yo'ldan foydalanish qoidalari va normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilganligi yuzasidan jami 13 191 ta (2020 yil 7 878 ta (+5 313)) kamchilik aniqlangan bo'lib, shundan xavfsizlikka tahdid soluvchi kamchiliklar 4520 tani (2020 yil 3020 ta (+1 500)) tashkil etadi.
Tekshirish natijalari bo'yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tadbirkorlik sub'ektlariga taqiqlovchi choralarni belgilovchi ko'rsatmalar berilgan.
2021 yilning 12 oyi davomida jami 1 279 ta (2020 yil 945 ta (+334)) temir yo'llari, 132 ta (2020 yil 89 ta (+43)) lokomotiv, 637 ta (2020 yil 485 ta (+152)) yuk va yo'lovchi vagonlari nosozligi yoki foydalanish muddati o'tganligi aniqlanib, foydalanishdan to'xtatilgan.
Bundan tashqari, 2021 yilning 12 oyi davomida o'tkazilgan tekshiruvlarda tadbirkorlik sub'ektlarida temir yo'llarda tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya mavjudligi
(278-son VMQga muvofiq) tekshirilgan, natijada 29 ta tadbirkorlik sub'ektida litsenziya mavjud emasligi aniqlangan.
2021 yilning 12 oyi davomida Inspektsiya tomonidan taqdim etilgan ko'rsatmalardagi jami 4520 ta kamchilikdan 4310 tasi to'liq bartaraf etilishi ta'minlangan.
Inspektsiya tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan berilgan ko'rsatmalarga asosan korxona va tashkilotlarning shoxobcha temir yo'llarida (“O'zbekiston temir yo'llari” AJdan tashqari) quyidagi o'zgarish va ijobiy natijalarga erishilgan:
54,3 km temir yo'l kapital ta'mirlangan;
237 komplekt strelkali o'tkazgichlar almashtirilgan;
816 dona vagon kapital ta'mirlangan;
296 dona yangi vagon xarid qilingan;
92 dona lokomotiv kapital ta'mirlangan;
9 dona lokomotiv xarid qilingan;
132 825 dona shpal va 113,9 km rel`s almashtirilgan.
Inspektsiya ko'rsatmasi bilan temir yo'l transportida harakt xavfsizligi bilan bog'liq xodimlarning malakasi muntazam ravishda oshirib kelinmoqda.
Ma'lumot uchun: 2021 yilning 12 oyi davomida 146 nafar xodimni bilimlari qayta sinovdan o'tkazilishi uchun navbatdan tashqari attestatsiyaga yuborish bo'yicha ko'rsatma berilgan.
Inspektsiya tomonidan 2021 yilning 12 oyi davomida temir yo'l transporti korxonalari va tashkilotlari tomonidan temir yo'llarda poezdlar harakati xavfsizligini ta'minlashga va temir yo'lda tashishlar xavfsizligini ta'minlaydigan texnik vositalarning ishonchliligini oshirishga qaratilgan 4903 ta kompleks profilaktika chora-tadbirlari o'tkazilishi rejalashtirilgan bo'lib, amalda 5 355 ta (2020 yilning shu davrida 3910 ta(+1445)) profilaktika tadbirlari o'tkazilgan.
Profilaktika tadbirlarida jami 30256 nafar (2020 yil 20720 nafar (+9536)) temir yo'l transportida harakat xavfsizligini ta'minlash bilan bevosita bog'liq rahbarlar, muhandislar, ishchi xodimlar ishtirok etgan va ular bilan tushuntirish ishlari olib borilgan.
Temir yo'llarda tashishlar xavfsizligini ta'minlashga oid normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda ularni takomillashtirishga doir takliflar kiritish bo'yicha 2021 yilning 12 oyi davomida Inspektsiya tomonidan jami 6 ta temir yo'llarda tashishlar xavfsizligini ta'minlashga oid normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish rejalashtirilgan bo'lib, amalda 11 ta (2020 yilning shu davrida 5 ta (+6)) temir yo'l transportida xavfsizlikni ta'minlashga oid normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ishlab chiqilgan.