Unga koʻra, zakot nisobi 34 mln soʻm deb belgilandi. Shuningdek, undan ortiq mablagʻga ega boʻlgan kishi, jami mablagʻning qirqdan birini zakot niyatida beradi.
Fitr sadaqasining miqdori quyidagicha:
— 2 kg bugʻdoy (10 000 soʻm);
— 4 kg arpa (16 000 soʻm);
— 2 kg mayiz (100 000 soʻm);
— 4 kg xurmo (160 000 soʻm ).
Bunda, har kim oʻz imkoniyatiga qarab ushbu toʻrt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini bersa kifoya qiladi.
Fidya miqdori bir kun uchun 25 ming soʻm, bir oyga 750 ming soʻm deb belgilandi.
Fidya miqdori — bir miskinning bir kunlik oziq-ovqati qiymatida hisoblanadi. Bugungi kunda bu oʻrtacha 25 ming soʻmga toʻgʻri kelmoqda.
Eslatma: Mazkur qiymatlar Toshkent shahar bozorlaridagi narxga asosan belgilandi. Har bir viloyat oʻz bozorlaridagi narxga qarab fitr sadaqasini belgilaydi.