Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Yarmarkalar manzillari:
- Yashnobod tumani — «Aviasozlar» dehqon bozori;
- Yakkasaroy tumani — «Askiya» dehqon bozori;
- Chilonzor tumani — Chilonzor dehqon bozori;
- Mirobod tumani — Mirobod dehqon bozori;
- Mirzo Ulugʻbek tumani — «Navroʻz» dehqon bozori;
- Yunusobod tumani — «Oloy» dehqon bozori, Yunusobod dehqon bozori;
- Sergeli tumani — Sergeli dehqon bozori;
- Uchtepa tumani — «Farhod» dehqon bozori;
- Shayxontohur tumani — «Eski Juva» dehqon bozori;
- Bektemir tumani — «Qoʻyliq» dehqon bozori;
- Olmazor tumani — «Qoraqamish» dehqon bozori.
Qayd etish joizki, Prezident Ramazon oyi munosabati bilan dehqon bozorlari va yirik savdo komplekslarida arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalarini boshlash boʻyicha topshiriq bergan edi.