Shu fursatdan foydalanib, xalqimizni shu ulugʻ ayyom bilan qutlab, yurtdoshlarimizning oilalariga tinchlik, fayzu baraka tilab qolaman.
Ramazon oyi davomida yurtimizda maʼnaviy poklik, sabr-qanoat va ezgulik kabi oliyjanob fazilatlarni ulugʻlashga alohida eʼtibor qaratildi. Bugungi tinch va farovon hayotimizning qadriga yetish, odamlar oʻrtasida mehr-oqibat va saxovatni keng yoyish, yosh avlodni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, milliy anʼana va qadriyatlarimizga hurmat tuygʻusini mustahkamlash yoʻlida koʻplab ezgu ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtimiz osoyishtaligi, rivojlanishi yoʻlida amalga oshirayotgan barcha xayrli ishlaringizda omad yor boʻlsin.
Ushbu muqaddas ayyomda taʼlim va tarbiya sohasida faoliyat yuritayotgan barcha ustozlarni yana bir bor tabriklab, har bir xonadonga fayzu baraka, sihat-salomatlik, baxtu saodat tilayman.
Muborak ramazon hayitining hayotbaxsh shukuhi va boqiy fayzi qalblarimizni mudom xushnud va shod qilib tursin.
Sherzod Neʼmatov
Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori
Hamkorlik materiali