Dekabr oyi oxirida Xitoyning zaxiralari 3,31 trillion dollarni tashkil qildi. Reytingning ikkinchi pog'onasini Yaponiya (1,27 trillion dollar), uchinchi pog'onani Shveytsariya (924 milliard dollar) egalladi.
O'tgan yil boshida beshinchi o'rinni egallagan Rossiya yozda o'z o'rnini tiklab oldi va yilni 582 milliard dollar zaxira bilan to'rtinchi o'rinda yakunladi. Hindiston 563 milliard dollar aktivlari bilan beshinchi o'rinni egalladi.
Saudiya Arabistoni 460 milliard dollar bilan oltinchi, Gonkong 424 milliard dollar bilan yettinchi, Janubiy Koreya 424 milliard dollar bilan sakkizinchi, Braziliya 325 milliard dollar bilan to'qqizinchi va Germaniya 295 milliard dollar bilan o'ninchi o'rinni band etdi, deyiladi mir24.tv saytida.