Bu 2021-yilning shu davridagiga nisbatan 18,5 foiz koʻp demakdir.
Meva-sabzavotlar eksportida qiymat jihatidan uzum (mayizni qoʻshgan holda 24,7 foiz), mosh (8,2 foiz), shaftoli (6,0 foiz), pomidor (5,1 foiz), xurmo (4,6 foiz), piyoz (3,7 foiz), karam (3,5 foiz), qovun va tarvuz (3,3 foiz) eng katta ulushga ega.
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutidan maʼlum qilishlaricha, 2022-yilda eksportning umumiy hajmida meva-sabzavotlarning ulushi 5,9 foizni tashkil etgan.
Oʻzbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy import qiluvchilari Rossiya (42,5 foiz), Qozogʻiston (18,9 foiz), Xitoy (9,1 foiz), Pokiston (8,8 foiz), Qirgʻiziston (3,7 foiz), Afgʻoniston (2,7 foiz) Turkiya (2,2 foiz), Belarus (1,7 foiz), Ozarbayjon (1,2 foiz) va Eron (1,2 foiz) ekanligi maʼlum boʻldi.