Bu borada qabul qilingan choralar katta natijalar berishni boshlagani taʼkidlandi.
Jumladan, 2022-yilda yurtimizga tashrif buyurgan xorijiy turistlar soni 2021-yilga nisbatan 3 baravarga oshdi (5,2 million, soha eksporti – 1,6 milliard dollar).
Ichki turizm dasturlari doirasida 11,5 million, shundan 1,5 million ehtiyojmand aholi, yoshlar va keksalar sayohatlari tashkil etildi.
Samarqandda yangi turizm markazi barpo etilgani qoʻshimcha 2 million sayyoh jalb qilish imkonini berdi.
Bu yil yurtimizda Butunjahon turizm tashkilotining Bosh assambleyasi yigʻilishini oʻtkazishga katta tayyorgarlik koʻrilmoqda.
Bundan tashqari, Samarqand 2023-yilgi Butunjahon turizm poytaxti maqomini olgani ham bu boradagi ishlarning yuqori natijalaridan biridir.