2022-yil 1-iyungacha hududlar kesimida 2022/2023 oʻquv yilida maktab formalariga ehtiyoj aniqlanadi.
Kam taʼminlangan oilalar farzandlari uchun maktab formasi mahalliy byudjet hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan sotib olinishida koʻmaklashiladi.
Shuningdek, 2022-yil 10-avgustdan har bir tuman (shahar)da maktab formasi ishlab chiquvchilarning savdo shoxobchalari tashkil etiladi.
Eslatib oʻtamiz, davlat maktablari oʻquvchilari uchun yagona maktab formasi shakllari Hukumatning 15.08.2015-yildagi 666-son qarori bilan tasdiqlangan edi.