2023-yilning oʻzida 85 foiz eksport bojxona yuk deklaratsiyalari axborot tizimida avtomatik ravishda sunʼiy intellekt koʻmagida rasmiylashtirilgan va bunda bojxona xodimlari umuman ishtirok etmagan! Bu jarayonga esa atigi 1-2 daqiqa sarflanmoqda, xolos!

“Quvonarli jihati shundaki, bojxona organlari faoliyatiga tatbiq qilingan axborot tizimlari koʻmagida endilikda inson omilisiz, yaʼni bojxona xodimi ishtirokisiz sunʼiy intellekt yordamida eksport bojxona deklaratsiyalarimiz rasmiylashtirilmoqda”, deydi Bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati bosh inspektori Husan Tangriyev.