Unda bir qator masalalar muhokama qilindi. Jumladan, 14-18 sentyabr` kunlari o'tkaziladigan “Ipak yo'li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali hamda uning doirasida “Kino 5 kunda” loyihasi bo'yicha Koreya Respublikasining ishtiroki ko'rib chiqildi. Koreyalik kinoijodkorlar festivalga o'zlarining bir qator fil`mlari bilan ishtirok etishi aytib o'tildi.
Sentyabr` oyida Koreyadan taniqli bloger tashrif buyurib, O'zbekiston haqida hujjatli fil`m tayyorlashi va uni kinofestival` davomida omma e'tiboriga taqdim etishi ta'kidlandi.
Shu bilan birga, Koreya-O'zbekiston hamkorligida kinofil`m suratga olinishi belgilandi. Uchrashuv so'ngida keyingi yil Koreyada “O'zbek kinosi kunlari”ni o'tkazish ham rejalashtirildi.
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati