2023-yilning eng mashhur havo yo'nalishi ma'lum qilindi

    2023-yilda eng mashhur havo yo'nalishi Singapur va Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur o'rtasidagi parvoz bo'ldi.

    Yo'nalishning har ikki tomonida uchadigan samolyotlarda mavjud bo'lgan o'rinlarning umumiy soni 4,9 milliontaga yetdi, bu 2022-yilga nisbatan 1,5 barobar ko'p. Ikki shahar orasidagi parvoz vaqti taxminan bir soat, deb xabar beradi mir24.tv.

    Ikkinchi o'rinda Qohira-Jidda yo'nalishi, uchinchi o'rinda Gonkong-Taybey yo'nalishi bo'ldi. Samolyotda mavjud bo'lgan o'rinlar umumiy sonining eng tez o'sishi Seul-Osaka va Seul-Tokio yo'nalishlarida qayd etildi, deb xabar bermoqda Britaniya tadqiqot kompaniyasi.