Shu jumladan, 2 535,1 kilogramm oltin birja orqali sotilgan boʻlib, uning 1 grammi uchun oʻrtacha narx 977,5 ming soʻmni tashkil etgan. Kumush savdolari hajmi 377 kilogrammga teng boʻlib, 1 gramm uchun oʻrtacha narx 11 325,2 soʻm boʻlgan.
Joriy yilning birinchi oyida tadbirkorlar birja orqali 195,7 kilogramm oltin sotib olgan. Yanvar oyi davomida 1 gramm oltinning oʻrtacha narxi 1 122,2 ming soʻmga yetgan, bu esa oʻtgan yilgi koʻrsatkichdan sezilarli darajada yuqori.
Qimmatbaho metallarning boshlangʻich narxi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining birja bitimi tuzilgan sanadagi kursiga muvofiq, London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining soʻnggi tonggi fiksingi asosida belgilanadi.
Hozirda London bozorida oltinning 1 unsiyasi uchun belgilangan narx 2 931,9 AQSH dollarini tashkil qilmoqda.
Birja bozorida “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” AJ qimmatbaho metallarni sotuvchi kompaniyalar sifatida ishtirok etmoqda. Xaridorlar asosan sanoatda ishlatiladigan mahsulotlarni qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan korxonalar va zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilari hisoblanadi.
“OʻzRTXB“ AJ axborot xizmatiga koʻra, troy unsiyasi qimmatbaho metallar savdosida asosiy oʻlchov birligi sifatida foydalaniladi. Bir troy unsiyasi 31,1 grammga tengdir.