2025-yilda dastlabki “Xitoy-Yevropa” yuk poyezdi Siandan Toshkentga qarab yoʻlga chiqdi

    2025-yildagi dastlabki yuk poyezdi 1-yanvarda Shensi provinsiyasining Xalqaro porti Sian stansiyasidan Oʻzbekiston poytaxtiga qarab yoʻlga chiqdi. Bu “Xitoy-Yevropa” xalqaro temiryoʻl yuk tashish doirasida birinchi “Sian-Toshkent” tezyurar poyezdining yoʻlga tushishidir, deb xabar beradi “Sinxua” AA.

    Agentlik xabariga koʻra, maishiy texnika vositalari, tekstil va kimyoviy mahsulotlar joylangan 50 ta konteyner yuklangan poyezd Xitoy shimoli-gʻarbidagi Sinszyan-Uygʻur Avtonom Respublikasining Xorgos oʻtkazish nazorat punktidan oʻtib, Qozogʻiston orqali Oʻzbekiston hududiga kirib boradi.

    Taʼkidlanishicha, “Sian-Toshkent” tezyurar poyezdi Sianning “Xitoy-Yevropa” yuk poyezdlariga xizmat koʻrsatuvchi “Chanba” xalqaro porti ishtirokida ishlab chiqilgan transport xizmatlari doirasida yangi harakatdir.

    “Xitoy temir yoʻl korporatsiyasi va boshqa temiryoʻl, hamda bojxona idoralari bilan hamkorlik tufayli yuk poyezdining Siandan Toshkentga qadar bosib oʻtishi kerak boʻlgan yoʻlga ketadigan vaqti 8-10 sutkadan 5-6 sutkaga qisqardi”, — deydi kompaniyaning Sian shahrining erkin savdo portining qurilish va foydalanish boʻyicha Bosh direktori Yuan Syaoszyun.

    Sianning “Chanba” xalqaro porti maʼmuriyati maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil yanvar-noyabr oylarida Siandan “Xitoy-Yevropa” yuk poyezdlarida Markaziy Osiyo yoʻnalishlarida joʻnatilgan standart konteynerlarning soni yillik hisob boʻyicha 49,8 foizga oshib, 69 655 mingtani tashkil etdi.