Bu haqda Bu haqda Oliy sud axborot xizmati rahbari maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, javobgarlikka tortilganlarning 363 nafariga jarima va 34 nafariga maʼmuriy qamoq jazolari qoʻllanilgan.
Xabarda aytilishicha, joriy yilning birinchi yarmida ushbu moddada nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan 34 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilib, 32 nafariga jarima va 2 nafariga maʼmuriy qamoq jazolari qoʻllanildi.
Maʼlumot uchun: hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish, yaʼni ularni gʻarazli yoki boshqa past niyatlarda qiynoqqa solish yoki ularga azob berish, — BHMning 3-5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa yoxud ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxs hozirligida sodir etilgan boʻlsa yoki hayvonlarning oʻlimiga yoxud mayib boʻlishiga olib kelsa, — BHMning 5-10 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.