баннер
18 Mar 2025
11:16

    2025-yilning oʻtgan davrida 848 tup daraxt noqonuniy kesilgan — Bosh prokuratura

    Moratoriy joriy etilgunga qadar boʻlgan davrga nisbatan bu kabi qonunbuzarliklar 60 foizga kamaygan.

    Bosh prokuraturaning maʼlum qilishicha, 2025-yilning oʻtgan davrida respublika boʻyicha 848 tup daraxt noqonuniy kesilib, tabiatga jiddiy ziyon yetkazilgan. Har bir holatda aybdor shaxslarga nisbatan qonunga muvofiq jazo choralari qoʻllanilgan.

    Masalan, joriy yilning 13-fevral kuni Fargʻona viloyati Qoʻqon shahri, «Zilol« MFY, Huqandiy mavzesidagi bir necha oʻn yillik chinor daraxtiga qasddan shikast yetkazildi.

    Ikki nafar shaxs ushbu daraxtni yoʻq qilishga urinish davomida ekologiya va ichki ishlar organlari xodimlariga qarshilik koʻrsatib, ularni haqoratlashgan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) va boshqa moddalari boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech