Bu hududlar uchun transport qatnovi sezilarli darajada qulaylashadi.

Shuningdek, Prezident 2026-yilda Toshkent – Samarqand yoʻnalishi boʻyicha yuqori tezlikda harakatlanadigan yoʻlovchi poyezdlar uchun yangi temir yoʻl liniyasini qurish ishlari boshlanishini maʼlum qildi. Ushbu loyiha ikki yirik shahar oʻrtasidagi qatnov vaqtini qisqartirish va yoʻlovchilar oqimini oshirishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva va Navoiy shaharlaridagi temir yoʻl vokzallarini xususiy sheriklik asosida boshqaruvga berish rejalashtirilgani ham qayd etildi. Bu tashabbus temir yoʻl infratuzilmasini modernizatsiya qilish va xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan.