Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi “2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-70-son Farmoni koʻra:
Ijtimoiy mezonlarga muvofiq, subsidiya olish uchun fuqarolarga yanada kengroq imkoniyat yaratish maqsadida ularning daromadlarini inobatga olish tartibiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.
Endilikda ariza beruvchining xohishiga koʻra, uning daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlarini kiritishi mumkin boʻladi.
Fuqarolar Davlat xizmatlari markazlariga bevosita borgan holda yoki “my.gov.uz” yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda ariza topshirishi mumkin. Bunda ariza beruvchi va/yoki uning turmush oʻrtogʻining (shu jumladan, kafil sifatida keltirgan yaqin qarindoshlari) oʻrtacha daromad miqdori:
— Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — MHTEKMning 2,7 baravaridan (2 mln 835 ming soʻm) 8 baravarigacha (8 mln 400 ming soʻm);
— Toshkent shahrida — MHTEKMning 2,7 baravaridan (2 mln 835 ming soʻm) 9,2 baravarigacha (9 mln 660 ming soʻmgacha) boʻlishi zarur.