24-25-noyabrda respublika hududlariga yana havo massalari kirib kelishi kutilmoqda

    Yashil sayyora 24 Noyabr 2020 1167

    Oʻzbekiston hududlari ustidagi antitsiklonning sovuq periferiyasi kuchsizlanadi, respublikaning barcha hududlarida ob-havo ochiq boʻlishi kutilmoqda. Havo harorati 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha biroz koʻtariladi.

    24-25-noyabrda respublika hududlariga Qozogʻiston hududlaridan yana havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, lekin bu massalar avvalgisiga oʻxshab uncha sovuq boʻlmaydi. Ushbu havo massalari natijasida 24-noyabrda Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida, 25-noyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining baʼzi joylarida biroz qor yogʻishi mumkin.

    Qolgan hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi, ob-havo bulutli boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Havo harorati 24-noyabrda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, shimolda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, 25-noyabrda havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq boʻladi.

    26-noyabrda antitsiklon periferiyasi ortga chekinadi, Oʻzbekiston hududlariga deyarli iliq havo massalari kirib keladi. Respublikada yogʻingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda. Kechasi sovuq biroz kuchsiz boʻladi va 0-5 daraja sovuqni tashkil etadi, kunduzi havo harorati 7-10 daraja iliqqacha koʻtariladi, bu haroratning meʼyoriy qiymatlariga yaqindir.

    27 noryabrda respublikaning shimoliga Kavkaz hududlaridan nam va sovuq havo massalarini kirib kelishi bilan baʼzi joylarda qor yogʻishi mumkin, qolgan hududlarda yogʻingarchiliksiz iliq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati kechalari manfiy qiymatlargacha biroz koʻtariladi, kunduzi 5-10 daraja iliq atrofida, janubda 11-13 daraja iliqqacha boʻladi.

    28-noyabrda bu sovuq havo respublikaning barcha hududlariga tarqaladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Qoraqalpogʻistonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. 27-28-noyabrda baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi, bu meʼyordan 5-7 darajaga kamdir. Respublikaning baʼzi joylariga tuman tushishi mumkin.