Ekologiya vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh Surxondaryo viloyati, Uzun tumanidagi “Bobotogʻ” SIU hududida oʻrganish ishlarini olib borgan edi.
Oʻrganish davomida “Uzun Oq Machit Agro” MCHJ qoʻshma korxonasiga biriktirilgan togʻ va togʻ oldi hududlaridagi oʻrganishlar natijasida tabiiy holda oʻsuvchi tojik kavragi oʻsimligining 2421 tasi dimlangani, kartonlangani, 81 tasi esa shirasini olish maqsadida kesilganligi maʼlum boʻlgandi.
Holat natijasida oʻsimlik dunyosiga 40 mln 95 ming soʻm miqdorida zarar yetkazilgan.
Oʻrganish ishlari natijasida toʻplangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun prokuraturaga yuborildi.