26-martdan Toshkent shahrida 2023-2024-yilgi isitish davri yakunlanishi rejalashtirilmoqda

    Oʻrtacha sutkalik harorat +10 darajadan yuqori boʻlayotgani sababli 26-martdan Toshkent shahrida isitish mavsumi yakunlanadi.

    Bu haqida deb poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

    "Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi “Kommunal xizmatlar koʻrsatishni tasdiqlash qoidalari toʻgʻrisida”gi 194-sonli qaroriga asosan, Isitish davri tashqi havoning oʻrtacha sutkalik harorati 8 darajadan yuqori boʻlgan 5 kunlik davr tamom boʻlgan kundan keyingi kundan tamomlanishi belgilangan.

    Shundan kelib chiqib, Toshkent shahar gidrometeorologiya markazining maʼlumotlarini hamda oʻrtacha sutkalik harorat 10 darajadan yuqori boʻlayotganligini inobatga olgan holda, 2024-yilning 26-mart kunidan 2023-2024-yilgi isitish davri yakunlanishini maʼlum qilamiz", deyiladi xabarda.