Natijada, ushbu xonadonda tegishli hujjatlari boʻlmagan, sifati kafolatlanmagan umumiy qiymati 280 million soʻmlik 23 turdagi 70 382 dona dori vositalari borligi aniqlandi.
Tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu hududda yashovchi fuqaro X.O.ning xonadoni belgilangan tartibda koʻzdan kechirilganida, ushbu xonadon egasi ham 1 milliard 17 million soʻmlik 28 turdagi 338 518 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalarini noqonuniy saqlab kelayotganligi aniqlandi.
Namangan viloyatida oʻtkazilgan yana bir tadbir davomida fuqaro E.S. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina oʻrnatilgan tartibda koʻzdan kechirildi. Natijada, ushbu avtomashinada tegishli hujjatlari boʻlmagan umumiy qiymati 700 million soʻmlik 67 turdagi 85 088 dona dori vositalari borligi aniqlandi.
Navbatdagi tezkor tadbirda Mingchinor mahallasida yashovchi fuqaro N.A.ning yashash xonadoni ham belgilangan tartibda koʻzdan kechirildi.
Ushbu xonadonda ham tegishli hujjatlari boʻlmagan 650 million soʻmlik 53 turdagi 100 443 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlanib belgilangan tartibda vaqtincha saqlovga olindi.