Eʼtiborlisi, bu yil respublikamizning yana 18 ta oliy taʼlim muassasasi “reporter” maqomida qayd etilishi bilan TOP-1 000 talik reyting uchun davogarlar oʻtgan yilgi 10 tadan 28 taga yetdi.

Ushbu reytingda universitetlarning 4 ta yoʻnalishdagi samaradorlik koʻrsatkichlari baholandi: oʻqitish, tadqiqot, taʼlim sifati va xalqaro istiqbollar.

Mazkur 28 ta oliy taʼlim muassasasi THEning nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tan olinib, mazkur yoʻnalishda reyting agentligi ularga yaqindan yordam beradi.

Maʼlumot oʻrnida, joriy yil ushbu reytingda 1 799 ta universitet qayd etildi, bundan tashqari 526 ta universitet “reporter”, yaʼni daʼvogar universitetlar nominatsiyasiga ega boʻlishdi.