Voyaga yetmagan farzandlari taʼminotidan boʻyin tovlab, 3 nafar sobiq xotinlaridan qochib yurgan shaxs Toshkent shahridagi savdo markazi kuzatuv kamerasi orqali topildi.

Fuqaro R.B Chust tumanida yashaydi. 2014-yili turmush oʻrtogʻi G.Ch bilan ajrashib ketadi. Sudning qaroriga koʻra, undiruvchi foydasiga bir nafar farzandi uchun aliment toʻlash belgilanadi. Biroq qarzdor “ha” deganda farzandi uchun taʼminotni vaqtida bermay keladi. Ustiga-ustiga ishsizlikni roʻkach qilib, turli bahonalar orqali aliment toʻlamay keladi. Unga nisbatan vaqtinchalik chetga chiqish huquqlari cheklanadi.

Sekin-sekin Toshkent shahriga ishlashga borib, shu orada umuman kelmaydi. Borgan sari aliment qarzdorlik ortib boradi va “berkinib” yurishga toʻgʻri keladi. Bu yogʻdagi sobiq turmush oʻrtogʻida qolgan bir nafar farzandi nima yeb, nima ichayotgani qiziqtirmas edi. Davlat ijrochisi tomonidan unga nisbatan qidiruv eʼlon qilinadi.

Qarzdorga doir barcha maʼlumotlar ichki ishlar organlariga taqdim etiladi. Yaqinda olingan maʼlumotlar ish berib, u Toshkent shahridagi savdo markazida yurgani maʼlum boʻladi. Kuzatuv kamerlari holatni aniqlashtirib, qarzdor hech qayerga “quyonni” rasmini chiza olmadi.

Qarzdorning zimmasiga sobiq 3 nafar xotini — Г.Ч. foydasiga salkam 87 million soʻm, А.А. foydasiga salkam 78 million soʻm, Ю.У. foydasiga esa 18 million soʻm, jami 185 million soʻm toʻlash yuklatilgandi.

Toshkent shahridan olib kelinib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Oʻtkazilgan sud jarayonida unga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.