3 ta hududda tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanib kelgan shaxslar aniqlandi

    Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 28, 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda tabiiy gaz tarmogʻidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazish holatlari fosh etildi.

    Jumladan, Quvasoy shahrida “Q.” MCHJ rahbari Sh.K. tomonidan pishiq gʻisht ishlab chiqarish faoliyati davomida 2,4 mlrd soʻm, Uchkoʻprik tumanida “A.I.” MCHJni norasmiy boshqarib kelgan A.E. tomonidan 2 mlrd soʻm hamda Boʻstonliq tumanida ohak ishlab chiqaruvchi yashirin sexlar tashkil etgan X.N.tomonidan davlat va jamiyat manfaatlariga 582,4 mln soʻm zarar yetkazilganligi aniqlangan.

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 28, 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.