Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida “Bahoriston” MFY hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan U.B. va M.B.lar fuqaro A.X.ga 4 200 AQSH dollarini 54,6 mln soʻmga sotayotgan vaqtida ushlanib, ulardan jami 4 200 AQSH dollari, 8 550 Rossiya rubli va 23,7 mln soʻm pullar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Shu kabi, Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan I.Z. fuqaro N.S.ga 3 500 yevroni 47,6 mln soʻmga sotayotgan vaqtida ushlanib, tadbir jarayonida 3 500 yevro va 900 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Shuningdek, Departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan N.Gʻ. va B.A.lar oʻzaro til biriktirib fuqaro M.X.ga 3 200 AQSH dollarini 41,6 mln soʻmga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.