3 ta viloyatda noqonuniy valyuta savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Andijon, Buxoro, Jizzax viloyatlarida noqonuniy valyuta savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi.

    Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan A.X. va M.O. fuqaro X.K.ga 4 000 AQSH dollarini 51 mln soʻmga sotgan vaqtlarida ushlanib, ularning yonidan jami 6 600 AQSH dollari va 36,6 mln soʻm ashyoviy dalil sifatida olingan.

    Departamentning Romitan tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan Oʻ.I. fuqaro M.X.dan jami 3 400 AQSH dollarini 43 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Shuningdek, Departamentning Zomin tumani boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan fuqaro V.K. fuqaro A.K.dan 3 000 AQSH dollarini 37,7 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ushlanib, uning yonidan jami 6 350 AQSH dollari va 15,4 mln soʻm ashyoviy dalil sifatida olingan.

    Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.