30-avgustidan boshlab Toshkent metropolitenining barcha liniyalari soat 05:00 dan 00:00 gacha ishlaydi

    Transport 26 Avgust 2021 1348

    Shu kunlarda Toshkentga 20a yangi va zamonaviy metro vagonlari keladi, deya xabar beradi “Oʻzbekiston temir yoʻllari”ning axborot-tahliliy media markazi.

    Ulardan 5ta metropoyezd shakllantiriladi. Yil yakuniga qadar esa, shu turdagi yana 20 ta vagon keltirilishi kutilmoqda.

    Shu bilan birga, maktab oʻquvchilari va talabalarda yangi oʻquv yili boshlanishi, metropolitenda yoʻlovchilar soni yanada oʻsishi, yoʻlovchilarning koʻplab murojaatlari inobatga olinishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yillik bayramini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish munosabati bilan, joriy yilning 30-avgustidan boshlab poyezdlar qatnovi boʻyicha yangi jadval joriy etiladi. Yaʼni:

    Chilonzor va Sergeli yoʻnalishlarida ertalabki soat 07:30dan 09:00gacha poyezdlar oraligʻi 3 daqiqani tashkil etadi va kechki soat 16:30dan 19:00gacha – 4 daqiqa oraligʻi bilan harakatlanadi;

    Oʻzbekiston yoʻnalishida ertalabki soat 07:30dan 09:00gacha poyezdlar oraligʻi 4 daqiqani tashkil etadi va kechki soat 16:30dan 19:00gacha – 5 daqiqa oraligʻi bilan harakatlanadi;

    Yunusobod yoʻnalishi ertalab soat 07:30 dan 09:00 gacha 6 daqiqada oraligʻi bilan harakatlanadi va 16:30 dan 19:30 gacha poyezdlar qatnovi har 7 daqiqada tashkil etiladi.

    Shuningdek, joriy yilning 30-avgustidan boshlab Toshkent metropolitenining barcha liniyalari soat 05:00 dan 00:00 gacha ishlaydi.

    Shuni taʼkidlash kerakki, bugungi kunga qadar, Yunusobod va Halqa yer usti yoʻnalishlari soat 06:00 dan 23:00 gacha ishlagan.