Ijtimoiy tarmoqlarda Asaka tuman Maktabgacha ta’lim va maktab bo‘limi mansabdorlari tomonidan ishchi xodimlari majburiy mehnatga jalb qilinganligi aks etgan xabarlar tarqalgan edi. Holat yuzasidan Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Nuraliyev tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan. 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 29-mart kuni Asaka tumani Maktabgacha ta’lim va MBBning kotibi vazifasida ishlovchi N. Komilov tomonidan tuman XTBga qarashli umumtalim maktablarning direktorlariga Telegram orqali topshiriq berib, unda barcha maktablarning xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va texnik xodimlarini 30 mart kuni soat 8:00 da "Ulug‘bek" MFY Navro‘z dahasida bo‘lib o‘tayotgan obodonlashtirish ishlariga jalb etishni ta’minlash bo‘yicha topshiriq berganligi aniqlangan.

N.Komilov esa ushbu topshiriqni bo‘lim mudirining xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Sh. Qurbonov buyurganligini ma’lum qilgan.

Sh.Qurbonov hozirgi kunga qadar bo‘lim mudir lavozimiga tayinlanmaganligi va  og‘zaki topshiriq berganligini vaj qilgan. 

O‘rganish davomida obodonlashtirish ishlariga jalb qilingan 30 nafar xodim shu kuni "Navro‘z" dahasida tut ko‘chati ekkanliklari, biroq ushbu ishlarga majburlanmaganliklarini aytgan.

Sh.Qurbonovga nisbatan MJtKning 49-moddasi 1-kismiga asosan, BHMning 10 barobari, ya’ni 3 000 000 so‘m miqdorda ma’muriy jarima jazosi tayinlangan.