Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, oʻtgan yilgi tanlovda kitobxonlarning takliflari asosida adabiyotlar roʻyxati 10-14 yosh toifasida 50 tadan 40 taga, 15-19 yosh toifasida 60 tadan 50 taga, 20-30 yosh toifasida 70 tadan 50 taga kamaytirildi va mazmunan qaytadan koʻrib chiqilib, 10-14 yosh toifasida gazeta va jurnallar roʻyxatdan olib tashlangan edi.