Shu yilning 9-iyul kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining 1-sonli talabalar yotoqxonasi kutubxonasida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Kitobxon yoz – 2025” shiori ostida “Men yoqtirgan asar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Axborot-resurs markazi bo‘limi mudiri Sh.Yoqubova, 1-toifali kutubxonachi S.Isoqova hamda Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti tyutori Yo.Fayzullayev talabalar bilan birgalikda o‘zbek va jahon adabiyotining mashhur namoyandalari ijodi haqida munozara olib bordi.
Talabalar o‘zlari sevib o‘qigan asarlar mazmuni, ularning shaxsiy hayotiga va dunyoqarashiga ta’siri haqida o‘zaro fikr almashib, bir-birini yangi kitoblarga qiziqtirishdi.
Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini mustahkamlash, ilmga chanqoq va iqtidorli talabalarni rag‘batlantirishdan iborat.
Yo.Fayzullayev,
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi
chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti tyutori








